O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2017-yilda bajarilgan ishlari va 2018-yildagi ustuvor vazifalar mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, san’atkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda tashkilot tomonidan ogohlantirish berilgan  xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Instagram / @rayhonganieva

Tashkil qilingan yig‘ilishlarga sababsiz kelmagani uchun 2017-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shohjahon Jo‘rayev, Shahriyor, Sarvar va Komil — “Benom” guruhiga ogohlantirish berildi.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori