Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Rixo Terras Rossiya o‘tgan yilgi “G‘arb-2017” o‘quv mashg‘ulotlari bilan Yevropa hududida NATO bilan urushga tayyorlangan deb hisoblaydi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga ma’lum qildi.

Foto: Bild

Foto: Bild

“Ochiq aytaman: bu o‘quv mashg‘ulotlari bilan Rossiya NATO pozitsiyalariga to‘la ko‘lamli hujumni simulyatsiya qildi. Bu mashg‘ulotlar faqat Boltiq mamlakatlariga qaratilmagan edi, bu Zapolyaryadan Qora dengizgacha bo‘lgan hududni egallagan mashqlar seriyasi edi. Ko‘lamlar va masofa bayonotdan ancha ortiq edi”, — deydi Terras.

Rossiya va Belarusning “G‘arb-2017” qo‘shma strategik o‘quv mashg‘ulotlari 14-sentabrdan 20-sentabrga qadar o‘tkazildi. Unga 12,7 ming nafargacha harbiy xizmatchi, 70 tagacha samolyot va vertolyot, 680 donagacha jangovar texnika jalb etildi. Shu kabi qo‘shma mashg‘ulotlar 2009 va 2013-yillarda ham o‘tkazilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)