Burj al-Arab mehmonxonasi oldida suzib yuruvchi uy cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deb yozadi UAEInside.
“Hodisa haqida xabar topganimizdan so‘ng voqea joyiga shoshildik va sakkiz daqiqada u yerga yetib keldik. To‘lqinlar 6—8 fut balandlikda edi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi”, — dedi Qidiruv va qutqaruv departamenti direktori o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmad Atik Burqiba. U uy ichida va atrofida hech kim bo‘lmaganligini qo‘shimcha qildi.
The Heart of Europe yaratuvchisi Kleindienst Group kompaniyasi quyidagi bayonot bilan chiqish qildi:
“Kleindienst guruhi Sea Dubai tadbiri bir qismi sifatida qo‘llanuvchi suzib yuruvchi platforma kuchli to‘lqinlar ostida qolib, cho‘kib ketganligini tasdiqlaydi”.
Hozirgi paytda platformani tiklash jarayoni ketmoqda.
Izoh (0)