AQSh razvedka hamjamiyati Shimoliy Koreya yadroviy dasturining keskin rivojlanib ketishini o‘z faoliyatidagi eng yirik muvaffaqiyatsizliklardan biri sifatida baholamoqda. Bu haqda, The New York Times’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Razvedka vakillari Kim Chen Inning maqsadi va faoliyatiga noto‘g‘ri baho berganini tan olmoqda.
Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, maxsus xizmatlar Donald Tramp prezidentligining boshlanishida uni Shimoliy Koreya masalasida tinchlantirgan edi. Razvedkachilar AQSh KXDR yadroviy dasturi biror jiddiy muvaffaqiyatga erishguniga qadar kamida to‘rt yil vaqtga ega bo‘lishini ta’kidlagan edi. Ammo oradan bir yil o‘tmay KXDR yadroviy sohada kutilmagan taraqqiyotni namoyish qilmoqda.
2016-yili KXDR o‘rta masofadagi sakkizta raketani uchirdi. Shularning yettitasi start maydonchasida yoki parvoz chog‘ida portlab ketdi. Shunga asoslangan holda razvedkachilar Shimoliy Koreyaning yadroviy salohiyatiga noto‘g‘ri baho berdi, shuningdek, uning bu muvaffaqiyatsizliklarini sobiq prezident Barak Obamaning sabotaj choralari bilan bog‘ladi.
Izoh (0)