Dog‘istonning Xasavyurt tumanidagi Mutsalaul qishlog‘ida noma’lum shaxslar qishloq masjidi imomini otib ketdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Imom o‘z uyi yaqinida o‘ldirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab imom va noma’lum shaxslar janjallashib qolgan, so‘ng ular imomni otib tashlagan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, imomga 6-yanvar kuni soat 22:00 atrofida Makarov pistoletidan yetti marta o‘q uzilgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)