AQSh prezidenti Donald Tramp stolining ustida doimo yadro tugmasi borligini da’vo qilgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga o‘ziga xos javob yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

“Yaqinda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In stolining ustida doimo yadro tugmasi turishi haqida ogohlantirdi. Balki och va sillasi qurigan tuzumida kimdir unga menda ham yadro tugmasi borligi, biroq u kattaroq, kuchliroq va, eng asosiysi, ishlashini tushuntirib berar!” — degan yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.