Shota Arveladze murabbiyligidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi 18 kunlik yig‘inda ishtirok etish uchun Turkiyaning Belek shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
21-yanvarga qadar davom etadigan yig‘in davomida “paxtakorchilar” 4 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ularning birinchisi 7-yanvarda bo‘lib o‘tadi. 11-yanvar kuni ikkinchi, 15-yanvarda esa uchinchi nazorat o‘yini o‘tkaziladi. 20-yanvar kuni “Paxtakor” reja bo‘yicha to‘rtinchi uchrashuvda ishtirok etadi. Raqiblar kim bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritilmagan.
“Paxtakor”ning O‘zbekiston U23 termasiga a’zo bo‘lgan futbolchilari Ravshan Haydarov bilan Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l oladi va musobaqadan keyingina klub ixtiyoriga yetib keladi. Ulardan tashqari 25 nafar futbolchi Belek yig‘inida ishtirok etadi.
Darvozabonlar
- Aleksandr Lobanov
- Eldor Suyunov
- Umid Hamroyev
Himoyachilar:
- Vladimir Kozak
- Stanislav Andreyev
- Marko Simich (Chernogoriya)
- Kamoliddin Tojiyev
- Alisher Salimov
- Sherzod A’zamov
- Farrux Sayfiyev
- Akmal Shorahmedov
Yarim himoyachilar:
- Akbar Ismatullayev
- Doston Ibrohimov
- Azim Ahmedov
- Rostin Griffits (Avstraliya)
- Tiago Bezerra (Braziliya)
- Gidi Kanyuk (Isroil)
- Jahongir Ahmadov
- Jamshid Iskanderov
- Sobit Sindarov
- Jaloliddin Masharipov
- Bahrom Abdurahimov
- Dilshod Rahmatullayev
Hujumchilar:
- Jasur Hakimov
- Shohruh Mahmudhojiyev
Izoh (0)