Sankt-Peterburgning Kalinin tuman sudi “Perekryostok” supermarketida terakt uyushtirishda ayblangan Dmitriy Lukyanenkoni ikki oyga hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ayblanuvchi qamoqqa olinishiga e’tiroz bildirmadi, qilmishlarini tan oldi. Ruhiy kasalliklar dispanseriga hisobda turmaydi. Hibsga olinishiga monelik qiladigan kasalliklarga chalinmagan”, — deyiladi sud xabarida.
Sud yig‘ilishi yopiq tartibda, OAV ishtirokisiz o‘tdi.
Keyinchalik Lukyanenko hibsga olinishiga shikoyat bildirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Perekryostok” supermarketida 27-dekabr kuni yuz bergan portlashda 18 kishi jarohat oldi, 8 kishi kasalxonada qolmoqda.