Italiyaning Turin shahrida qo‘lbola bombaning harakatga keltirilishi oqibatida ro‘y bergan portlashda to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bomba shaharning chekka tumanlaridan birida portlagan. U chiqindi qutisida yashirilgan edi.
Voqea joyidan o‘tib ketayotgan to‘rt kishi — ikki marokashlik va ikki italyan jarohatlandi. Ularning orasida 83 yoshli pensioner ham bor.
Bundan tashqari, portlash zarbi to‘rtta mashina hamda yaqin atrofdagi o‘ttizta uyga zarar yetkazdi.
Izoh (0)