2017-yilda gadjetlar va texnologiyalar olamida ko‘plab olamshumul hodisalar yuz berdi. “Hi-tech Mail.ru” yil yakunida ana shu yirik hodisalarga e’tibor qaratdi.

Bitkoin

Qisqa vaqt ichida narxi ikki barobar ko‘tarilgan kriptovalyutaning bir birligi 20 ming dollarga chiqib, o‘zi aslida mavjud bo‘lmagan “tanga”ning rekord qiymati qayd etildi.

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

SpaceX

Ilon Mask va uning kosmik kompaniyasi odamlarni hayratga solishda davom etmoqda. 2017-yilning mart oyida kompaniya Falcon 9 raketasi birinchi bosqichining takroriy startini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ilon Mask 2018-yilda o‘ta og‘ir Falcon Heavy’ni uchirishni rejalashtirmoqda.

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Qualcomm Snapdragon 835 mobil protsessori

Qualcomm Snapdragon 835 protsessori Samsung Galaxy S8 и Note 8, Sony Xperia XZ Premium, OnePlus 5T, Xiaomi Mi6 va Mix 2, Google Pixel 2 va Pixel XL, HTC U11, LG V30 va boshqa smartfonlarda muvaffaqiyatli foydalanildi. 2017-yilda taqdim etilgan aksariyat smartfonlar mazkur protsessorga ega.

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Nintendo Switch

2017-yilning eng ommabop o‘yin qurilmasi Nintendo Switch bo‘ldi. Yaponiyaning o‘zida taqdimotdan so‘ng uch kun ichida 330 mingta qurlma sotilgan. Shundan so‘ng Yevropa, Osiyo va AQSh estafetaga qo‘shildi. 2017-yildagi sotilgan qurilmalar soni millionlar bilan hisoblanmoqda. Qurilmani olib yurish imkoniyati va uni televizorga ulovchi stansiyaning mavjudligi muvaffaqiyat garovi sifatida ta’kidlanmoqda.

Foto: “Hi-tech Mail.ru”

Ryzen chipi

So‘nggi yillarda Intel “protsessorlar bellashuvi”da AMD’ni mag‘lub etgan edi. Biroq AMD 2017-yilda Ryzen chiplarini taqdim etdi. Ko‘p yadroli va ko‘p oqimli chiplar shu darajada muvaffaqiyatga erishdiki, Intel bir-ikki yildan so‘ng taqdim etishni rejalashtirgan olti yadroli chipini 2017-yilda bozorga chiqarishga majbur bo‘ldi. AMD’ning aksiyalari esa yetti marta qimmatlashdi.

Foto: “Hi-tech Mail.ru”