Sirdaryo viloyati hududidagi ikki yo‘l-patrul posti tugatildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
“22-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarning eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deya ta’kidlagan edi”, — deyiladi xabarnomada.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni inobatga olgan holda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida joylashgan “Chinobod” va Xovos tumanida joylashgan “Navro‘zobod” yo‘l-patrul postlari to‘liq olib tashlandi.
“Buning natijasuda avtomashina haydovchilarining o‘z manzillariga yetib borishlarida vaqtlarini tejashalariga imkon yaratildi”, — dedi idora vakillari.
Ma’lumot uchun, mazkur ikki yo‘l-patrul postlari 1992-yilda o‘rnatilgan edi.
Oldinroq Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy–5” yo‘l-patrul posti olib tashlangani xabar qilingan edi.
Izoh (0)