Nyu-Yorkning sobiq fuqarosi Elora Xadi bundan besh yil oldin moda sanoatidagi o‘zining yaxshi ishini tashlab Baliga ko‘chib o‘tgan. Bu yerda u o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga — bambukdan uy qurishga qaror qilgan, deb xabar berdi TravelAsk.
Bambukdan uy qurish g‘oyasi aslida Eloraning otasidan chiqqan: u odamlar uchun eng yaxshi uy bambukdan qurilishi lozim deb hisoblagan. Biroq bambukning birgina kamchiligi bor: o‘simlikni hasharotlar yeb tashlaydi, shu sababli uni maxsus vositalar bilan qayta ishlab turish kerak.
Izoh (0)