“Rostex” bosh direktori Sergey Chemezov “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida Turkiya hukumati Rossiyadan to‘rtta S-400 “Triumf” zenit-raketa divizionini xarid qilganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, shartnoma summasi 2,5 milliard dollarni tashkil etgan.
“Faqat yakuniy hujjatlarni tasdiqlash qoldi. Shartnoma umumiy qiymatining 45 foizi avans tariqasida to‘lanishi, 55 foizi Rossiya kredit mablag‘lari ekanligini aytishim mumkin”, — deydi Chemezov.
U dastlabki yetkazib berish 2020-yilning martida boshlanishi rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)