27-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘iziston delegatsiyalarining “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xitoy delegatsiyasiga rivojlanish va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chiping, Qirg‘iziston delegatsiyasiga transport vaziri Jamshitbek Qalilov va O‘zbekiston delegatsiyasiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akbar Shukurov boshchilik qiladi.
25-dekabrdan uch mamlakat vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan navbatdagi uchrashuv materiallari tayyorlanmoqda.
Izoh (0)