20-dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik muhojir KFC tez tanovul restoraniga o‘g‘rilikka tushdi, ammo bu maqsadini amalga oshira olmay, qochib ketdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘zbekistonlikning qo‘lida to‘pponcha bo‘lib, u bilan ma’murga tahdid qilgan. Xodim qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng pulni olmay, restorandan chiqib ketgan. U ma’murning yuziga ballondan gaz sepib, uning chalg‘iganidan foydalangan va qochib ketgan.
Oradan ikki sutka o‘tib, 24 yoshli yigit qo‘lga olindi. U hozirda ishlamayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ekanligi aniqlangan.
Izoh (0)