Italiya A seriyasining 17-turiga kelib Milanning “Inter” klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. O‘z uyida o‘rtamiyona jamoalardan biri hisoblangan “Udineze”ni qabul qilgan Spaletti shogirdlari 1:3 hisobida yengildi.
Shu tariqa kuchli beshlik tasnifida mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan jamoalar soni yana 1 taga kamaydi. Ular endilikda 3 tani tashkil qiladi: “Siti”, “Barselona” va “Atletiko”. Avvalroq bu ro‘yxatdan “PSJ” hamda “Valensiya” futbolchilari chiqib ketgandi.
Shu tariqa “Inter” raqibi “Napoli”ni oldinga o‘tkazib yubordi. Neapollik futbolchilar Turindan 3 ochko olib qaytishning uddasidan chiqa olgandi. O‘z ixtiyoridagi 1 tadan o‘yinda zafar qucha olsa, “Roma” va “Yuventus” ham “Inter”dan o‘zib keta oladi.
Italiya A seriyasi 17-tur o‘yinlari 16-dekabr, shanba
“Inter” — “Udineze” 1:3
Gollar: Kevin Lasanya, 14 (0:1). Mauro Ikardi, 16 (1:1). Rodrigo De Paul, 61-pen (1:2). Antonin Barak, 77 (1:3).“Torino” — “Napoli” 1:3
Gollar: Kalidu Kulibali, 4 (0:1). Pyotr Zelinski, 25 (0:2). Marek Hamshik, 30 (0:3). Andrea Belotti, 64 (1:3).“Roma” — “Kalyari” 1:0
Gol: Federiko Fasio, 94+ (1:0).Noaniq penalti: Diyego Perotti, 53 (R).17-dekabr, yakshanba“Verona” — “Milan” 16:30“Sampdoriya” — “Sassuolo” 19:00“Fiorentina” — “Jenoa” 19:00“Bolonya” — “Yuventus” 19:00“Atalanta” — “Latsio” 00:45
Izoh (0)