Ukrainaning Odessa shahri aeroportida huquq-tartibot xodimlari Isroil fuqarosini giyohvand modda olib kirishga urinishda gumon qilib ushlab qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u kartoshka fri ichiga kokain yashirib chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Narkotik modda ziravorlar paketi ichiga yashirilgan edi.
Ekspress-tahlil “ziravor” aslida kokain ekanligini ko‘rsatdi.
Ayni paytda holat yuzasidan protsessual ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)