Turkiyaga kirishi taqiqlangan Gruziya fuqarosi chamadan ichida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘ldi, deb xabar beradi Hurriyet Daily News.

Foto: Hurriyet Daily News

Politsiya Artvin provinsiyasidagi Sarpi nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lidagi katta chamadon bilan chegarani piyoda kesib o‘tishga uringan ayolni to‘xtatdi.

Ular tomonidan chamadon ochilganida esa, u yerda 22 yoshli gruziyalik ayol borligi ma’lum bo‘ldi.

Ikki ayol ham hibsga olingan va mahalliy hukumatga topshirilgan.