• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Navoiy” xalqaro logistika markazi imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayotganini tanqid ostiga oldi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-dekabr kuni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    2008-yili Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil qilinib, O‘zbekiston transport-tranzit salohiyatini yanada yuksaltirish hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu logistika markaziga avvalboshdan barcha turdagi soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari berildi. Yo‘ldosh infratuzilma barpo etildi, boshqaruv Korean Air kompaniyasiga topshirildi.

    Biroq markaz faoliyati tahlil qilinganda, shuncha qulaylik va imkoniyatlarga qaramay, terminal quvvatidan amalda to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Yiliga 100 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatining 20 foizidan ham kamrog‘i ishga solinmoqda, xolos. O‘tgan sakkiz yil davomida ushbu aeroport orqali 300 ming tonna yuk tashilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. 2017-yil yakuniga ko‘ra, terminalda umumiy yuk aylanmasi 2016-yildagiga nisbatan 11 foiz yoki 33 ming tonnagacha kamayishi prognoz qilinmoqda.

    Bunday holat yuzaga kelishiga bu sohaga bevosita mas’ul bo‘lgan ayrim mansabdor shaxslarning beparvoligi, mas’uliyatsizligi, ushbu markazni chuqur o‘ylangan strategiya asosida rivojlantirmagani sabab bo‘ldi, dedi davlat rahbari. Ko‘p yillar mobaynida Navoiy aeroporti va logistika markazining noyobligi, jozibadorligi, boshqalardan ajralib turishi to‘g‘risida balandparvoz gaplardan nariga o‘tilmadi.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, markazda kuniga o‘rtacha ikkita parvoz amalga oshirilmoqda. Bu esa ushbu logistika markazi va aeroport salohiyatidan foydalanish darajasi maqtovdan ancha yiroq ekanini ko‘rsatadi.

    Davlat rahbari aviatashuvlarning tarif siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

    Mazkur logistika markazi jozibadorligini oshirishda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi katta ahamiyatga ega bo‘lishi kerak edi. Biroq, bu ham kutilgan natijani bermadi. Unda na yuqori qo‘shimcha qiymatli eksportbop tovarlar, na ichki bozor uchun xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

    Xorijiy yuk tashuvchi subyektlar “Navoiy” logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishga qiziqish bildirmayapti. Buning asosiy sababi aviakerosin yetkazib berishda uzilishlar mavjudligidir. Bu turdagi yoqilg‘iga bugungi kunda haftalik ehtiyoj 950 tonna ekaniga qaramay, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan atigi 600 tonna ajratilmoqda.

    Transport kompaniyalari tomonidan muvofiqlashtirish ishlari ta’minlanmagani sababli multimodal tashish ham rivojlanmay qolgan. Bojxona tartib-taomillari uzoq davom etishi va transport vositalari chegarada bekor turib qolishi oqibatida yuklarni yetkazib berish muddati cho‘zilib ketmoqda.

    Shulardan kelib chiqqan holda, Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘i mutasaddilariga milliy aviakompaniya va boshqa xorijiy yuk tashuvchilarning aviakerosinga ehtiyojini o‘z vaqtida va 100 foiz ta’minlash, haftalik yoqilg‘i yetkazib berishni oshirish, bunda jahon bozoridagi narx-navoni inobatga olib ish tutish yuzasidan topshiriqlar berdi.

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaldagi tariflarni qayta ko‘rib chiqib, optimal tarzda pasaytirish, logistika markazlari tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzish vazifasi yuklandi. Milliy aviakompaniya Navoiy shahri aeroportiga dunyoning yetakchi yuk tashuvchi kompaniyalarini jalb qilish ishlarini yanada faollashtiradi, pochta yuklarini tashuvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatib, “Navoiy” xabida mintaqaviy pochta-aloqa vositalari tuzilmasini tashkil etish kabi choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xarita”sini ishlab chiqadi.

    Shuningdek, bojxona organlari va samolyotda yuk tashuvchi tashkilotlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yish, “Navoiy” logistika markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish va boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

    06.12.2017, 22:45   Izoh (0)   12996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi bolalar markazida ko‘chma fotoko‘rgazma tashkil etildi

    06.12.2017, 22:07

    Olimpiadadan chetlatilgan Rossiya, Andijon shahar hokimiga nisbatan tekshiruv, “Bunyodkor”dagi tartibsizlikka ilk rasmiy munosabat va kunning boshqa muhim xabarlar...

    06.12.2017, 19:32

    Workly — ish unumdorligini oshirish va katta korxonalarga yiliga 59 mln so‘mgacha mablag‘ tejashga yordam beradi

    06.12.2017, 17:41

    Chet el valyutasi oldi-sotdisi bo‘yicha bank xizmatlari ommabopligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

    06.12.2017, 16:58

    O‘zmilliybank QIWI pul o‘tkazmalari tizimini taklif etmoqda

    06.12.2017, 16:05

    Farg‘onada keksa fuqarolarga prezident sovg‘asi topshirildi (foto)

    06.12.2017, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘istonda qariyb 75 mlrd so‘mlik turizm zonasi quriladi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 20:10

    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

    Reklama | 2 iyul, 19:30

    Bektemirdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat 5 kunga bir tomonlama yopiladi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    Dunyo | 2 iyul, 19:45

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:36

    Xitoylik erkak qiziga “o‘ta chiroyli bo‘lgani uchun” blog yuritishni taqiqladi

    Layfstayl | 2 iyul, 19:26

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.