• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Nasimovdan 500 so‘z: “Singan oynalar nazariyasi”

    Assalomu alaykum, aziz o‘quvchilar.

    Boshidan ogohlantiraman, quyidagi 493 ta so‘z oson o‘qiladigan matn bo‘lmaydi. Bugun biz ko‘rinishidan oddiy bo‘lgan, ammo chuqur falsafiy va hayotiy narsalar haqida gapiramiz. Shunday ekan, fikr yuritishga tayyor turamiz.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Maqolani yozishga tayyorlanayotganimda huquqbuzarliklarni kimlar sodir etishi haqidagi ko‘plab fikrlarni o‘qib chiqdim. Bu borada ikki xil fikr bor.

    Optimistik fikr shundan iboratki, ko‘pchilik odamlar ichki maslagining kuchi bilan qonunni buzish yo‘liga kirmaydi. Ular shunday tarbiyalangan. Optimistlar fikricha, faqat ba’zi ongsiz fuqarolar jazodan qo‘rqishi tufayli jinoyat qilmaydi.

    Pessimistik qarash ham bor. Unga ko‘ra, odamlarning 20 foizigina (ba’zilar esa hatto 10 foiz deb hisoblaydi) tabiatan qonunga rioya qilishga moyil.

    Qolgan 80—90% jinoiy jazodan cho‘chigani sababli qonunni buzmaydi.

    Shu yerda 35 yil avval jamiyatshunoslar Jorj Kelling (George L. Kelling) va Jeyms Uilson (James Q. Wilson)ilgari surgan qiziqarli nazariyani esga olish o‘rinli. Bu “Singan oynalar nazariyasi”. U ancha oddiy bo‘lib, quyidagicha.

    Agar qanaqadir imorat yoki uyda derazaning bitta ko‘zi singanida, unga darhol oyna qo‘yilmasa, bora-bora oynalarning hammasi sinib ketadi.

    Agar kichik huquqiy tartib va qonun buzishlar jazosiz qolsa, ular qonunga nisbatan hurmatsizlikka va jinoyatchilik o‘sishiga olib keladi. Aynan shunday. Bitta singan oyna butun dahada jinoyatchilikning umumiy darajasi o‘sishiga sabab bo‘lgan.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Biz siz bilan kundalik hayotda “singan oynalar nazariyasi”ga ko‘p duch kelamiz.

    Masalan, qayergadir axlat solingan birinchi xalta tashlangan bo‘lsa, tez orada u yerda axlat uyumi paydo bo‘ladi.

    Nomaqbul joyga yopishtirilgan e’lon o‘z vaqtida olib tashlanmasa, uning yoniga o‘nlab boshqalari yopishtiriladi.

    Devordagi birinchi yozuv o‘z vaqtida bo‘yab tashlanmasa, boshqa bir talay yozuvlar paydo bo‘ladi.

    J. Kelling va J. Uilsonning nazariyasini Groningen universiteti (Gollandiya) olimlari tomonidan o‘tkazilgan oltita tajriba tasdiqladi. Aniqlanishicha, eng oddiy fuqarolar boshqalar buning uchun jazosiz qolayotganini ko‘rsa, qabul qilingan qoidalarni buzishni boshlaydi. Va agar mayda qoidabuzarliklarga o‘z vaqtida va shafqatsiz tarzda barham berilmasa, ularning soni o‘saveradi va oxir-oqibat og‘irroq jinoyatlar amalga oshirilishiga olib keladi. Mana, Nyu-York meri Rudolf Juliani 90-yillarda mayda qoidabuzarliklarga (“singan oynalar”ga) qarshi izchillik bilan kurashish yo‘li bilan shaharda shaxsga qarshi jinoyatlar sonini 56 foizga kamaytirgan edi. O‘zbekistonda ham shunday tajribani o‘rganib olish kerak.

    Ko‘pchiligimiz hatto o‘zimiz sezmasdan, odamlar o‘zlarini madaniyatli tarzda tutmay qo‘yadigan singan oynalar nazariyasi namoyon bo‘ladigan holatlarga duch kelganmiz. Bu yerda bir qarashda bezarar bo‘lib tuyulgan pista po‘chog‘ini yerga tashlash yoki qizil chiroqda yurib ketish kabi jiddiyroq holat ham bor.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Maqola boshida aytganimdek, oz bo‘lsa-da, qonunlarni va belgilangan qoidalarni hech qanday vaziyatda ham buzmaydigan odamlar bor.

    Aholining shunday qatlami borki, ular ongli ravishda qonunga qarshi boradi, umid qilamizki, ular juda kamchilikni tashkil qiladi.

    Biroq, odatda toza joyga axlat tashlamaydigan, svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda yo‘lni kesib o‘tmaydigan, birovning narsasini olmaydigan aksariyat aholi ham salbiy ta’sirga berilishi mumkin.

    “Singan oynalar nazariyasi”da shunday deyilgan: qoida va qonunlar buzilishiga darhol, shafqatsiz va murosasiz tarzda barham berilmasa, bungacha hech qachon qoida buzmaganlar ham buni qilishni boshlaydi.

    2017-yilning o‘n oyi davomida O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi 8000 ta yo‘l-transport hodisasining aksariyati haydovchi va piyodalarning belgilangan qoidalarga rioya qilmaganligi sababli yuz bergan.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Qayerdadir haydovchi yoki piyoda svetoforning qizil chirog‘ida yurib ketgan, tezlikni oshirishgan, yo‘l berishmagan, burilish chirog‘ini yoqishmagan.

    Hech kim hech kimga yomonlik tilamagan. Shunchaki odat bo‘yicha oz-ozdan qonunni buzishgan.

    Xatti-harakatlar odatni yuzaga keltiradi, odatlar fe’l-atvorni shakllantiradi, fe’l-atvor  orqali odam o‘z taqdirini ko‘radi. “Gunoh gunohga olib boradi; qonunsizlik qonunsizlikni keltirib chiqaradi. Gunoh yo‘liga kirish — gunoh yo‘li bo‘yicha tobora uzoqroq ketish demakdir”, — deb yozgan Uilyam Barkli qanchalar haq bo‘lgan.

    Natijada mamlakat yo‘llarida O‘zbekiston haydovchilari tomonidan 9653 kishi jarohatlangan va o‘ldirilgan. Yana bir marta o‘qib chiqing.

    2031 kishi halok bo‘lgan va yana 7622 kishi tan jarohatlari olgan. Bor-yo‘g‘i 10 oyning ichida.

    Jinoyatchilar va qurbonlar xuddi bizga aloqasi yo‘q odamlardek, bularning barchasi boshqalar tomonidan amalga oshirilayotgandek bo‘lib tuyuladi, xolos. Ammo unday emas. Ular — bizlarmiz. Hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish har birimizning qo‘limizdan keladi. Sigaretni chekib bo‘lib, yerga tashlamang, yo‘lni faqat mumkin bo‘lgan joylardan kesib o‘ting, tezlikni oshirmang. To‘g‘ri va ko‘chma ma’noda ham oynalarni sindirmang, boshqalarning sindirishiga ham yo‘l qo‘ymang. Yaxshi, foydali ishlarni va xatti-harakatlarni ko‘proq amalga oshirishga intiling. Va “singan” oynalar o‘rniga darhol yangisini qo‘ying.

    Toki “singan oynalar nazariyasi” singan hayotga olib kelmasin. Sizning va boshqa odamlarning shunday hayotiga.

    Baxtiyor Nasimov,“Daryo” sharhlovchisi.

    05.12.2017, 16:42   Izoh (0)   47084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.