• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jangarilar Misrdagi masjidga hujum qildi. 300 dan ortiq odam o‘ldi — bu mamlakat tarixidagi eng yirik terakt

    Sinay yarimoroli shimolida joylashgan Bir al-Obod shaharchasidagi masjidga jangarilar juma namozi vaqtida hujum qildi. Ular beshta yo‘ltanlamasda kelib, binoni qurshab olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar 25—30 kishi atrofida bo‘lgan, ular harbiycha kiyingan, ba’zilarining yuzida niqoblari ham bor edi. Prokuratura bayonotiga ko‘ra, jangarilarning yonida IShID terrorchilik tashkiloti bayrog‘i bo‘lgan.

    Terakt joyidan jabrlanuvchilar olib ketilyapti. Bir al-Obod, 2017-yil, 24-noyabr.

    Terakt joyidan jabrlanuvchilar olib ketilyapti. Bir al-Obod, 2017-yil, 24-noyabr.
    Foto: AFP

    “Allohu akbar!” deb baqirgan terrorchilar avtomatlar va granatomyotlardan o‘q yog‘dirishni boshlagan, deb yozadi Meduza. Xabar berishlaricha, ular portlash ham uyushtirgan hamda masjiddan qochib chiqayotgan odamlarga xalal berish uchun bino yonidagi mashinalarni yoqib yuborgan. Masjid tashrifchilari uni derazalar orqali tark etishga harakat qilgan, tiqilinch yuzaga kelgan. Omon qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, hammasi taxminan 20 daqiqacha davom etgan — ulardan biri, 38 yoshli Ebid Salim Mansurning aytishicha, jinoyatchilar avvaliga “jazava bilan” harakat qilgan, so‘ng kim tirik qolgan bo‘lsa, barini birma-bir, tartib bilan o‘ldirishga kirishgan. Aksariyat odamlar boshini quyi tushirgan ko‘yi yerda yotgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar yaradorlarni olib ketishga kelgan tez yordam mashinalarini ham o‘qqa tutgan.

    Bir al-Oboddagi hujumga uchragan masjid yonidagi yoqib yuborilgan mashinalar. 2017-yil, 25-noyabr.

    Bir al-Oboddagi hujumga uchragan masjid yonidagi yoqib yuborilgan mashinalar. 2017-yil, 25-noyabr.
    Foto: Reuters

    Ushbu hujum Misr yangi tarixidagi eng yirik teraktga aylandi — ushbu sharh tayyorlanayotgan vaqtda 305 kishi halok bo‘lgani (ulardan 27 nafari bolalar), yana 128 kishi tan jarohati olgani ma’lum edi. Al Arabia telekanalida hodisaga baho bergan ekspertlardan biri bu hujumni “Misr 11-sentabri” deb atadi. Ko‘pchilikning qayd etishicha, Misrdagi radikal aqidaparastlar nishon sifatida huquq-tartibot organlari xodimlari yoki kopt nasroniylaridan foydalanardi, lekin oddiy musulmonlarga hujum qilmasdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan; prezident Abdulfattoh as-Sisiy halok bo‘lganlar xotirasi uchun yodgorlik majmuasi qurish haqida ko‘rsatma bergan.

    Misr armiyasi hujum qilganlarning kamida bir qismi yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Mamlakat harbiy aviatsiyasi ichida, taxminlarga ko‘ra, terrorchilar bo‘lgan mashinalarga zarba bergan. Mashinalar ichida bo‘lganlarning bari yo‘q qilingan. Associated Press’ning qayd etishicha, harbiylar bayonotini tekshirib ko‘rish imkoni yo‘q, chunki Sinay yarimorolida OAV faoliyati cheklangan.

    Hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olganicha yo‘q, lekin, katta etimol bilan, unga IShIDning mahalliy bo‘linmasi aloqador. Buni, terrorchilar yonida IShID bayrog‘i bo‘lganidan tashqari, hujum obyekti sifatida Misrda keng tarqalgan oqimlardan biri — so‘fiylarning masjidi tanlangani ham qisman tasdiqlaydi. Diniy aqidaparastlar so‘fiylarni bid’atchi deb hisoblaydi, IShIDning Sinaydagi tarafdorlari yarimorolni ulardan tozalashga bir necha bor va’da bergan. 2016-yil kuzida ular so‘fiylarning 100 yoshli shayxi — Sulaymon Abu Xarazning boshini tanasidan judo qilgan edi; IShID tarafdorlari Xarazni jodugar deb hisoblagan.

    Misr hukumati ko‘p yillardan beri Sinaydagi diniy aqidaparastlarga qarshi kurash olib bormoqda. 2013-yil yozida, Abdulfattoh as-Sisiy boshchiligidagi harbiylar “Musulmon birodarlar” bilan yaqin munosabatdagi prezident Muhammad Mursiyni ag‘darganidan so‘ng, nizo yanada chuqurlashdi — jangarilar hukumat harbiylari va politsiyachilarga muntazam ravishda hujum qilishni boshladi. 2014-yilda “Ansor bayt al-Maqdis” guruhi terrorchilari IShID yetakchisiga sodiqlik haqida qasamyod qilib, o‘z nomini “Viloyat Sinay” (ya’ni, IShIDning “Sinay viloyati”) deb o‘zgartirdi. 2015-yil 31-oktabrida mazkur guruh Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan Rossiya samolyotini qulatgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 kishining bari halok bo‘lgan.

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    25.11.2017, 21:57   Izoh (0)   24561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misrda masjiddagi terakt qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatiladi

    25.11.2017, 21:54

    Turkiya bosh vaziri: Misrdagi terakt ham islom, ham insoniylik aqidalariga zid

    25.11.2017, 21:16

    Liviya sohillari yaqinida kema cho‘kishi oqibatida kamida 25 muhojir halok bo‘ldi

    25.11.2017, 20:36

    Britaniyada 7 yashar qizchani robot deb o‘ylab o‘ldirib qo‘ygan o‘quvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    25.11.2017, 19:57

    Chuvashistondagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik reanimatsiyaga tushdi

    25.11.2017, 19:38

    Pokistondagi portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 16 kishi tan jarohati oldi

    25.11.2017, 19:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.