Meksikaning Monterrey shahrida turar-joylar ular yaqinida qurilayotgan savdo markazi kotlovaniga qulab tushdi. Bu haqda Info7 mahalliy nashri xabar berdi.
Las Noticias telekanalining ma’lum qilishicha, chuqurga to‘rtta uy qulagan. Ularda istiqomat qiluvchilar ko‘chirilishi kerak ekanligi ta’kidlanmoqda, biroq ularda odamlar yashagan. Oqibatda bir necha kishi jabrlangan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)