Yevropa Chempionlar Ligasining “G” guruhini Turkiyaning “Beshiktosh” klubi peshqadam sifatida yakunlaydigan bo‘ldi.
Turklar ketma-ket uch o‘yinda zafar quchib, ko‘pchilikni ajablantirgandi. Keyin esa ular 2 ta durang natijani amallab, peshqadamlikni rasmiylashtirib ulgurdi. So‘nggi turni Germaniyada o‘tkazadigan “Beshiktosh”, ikkinchi tarkib futbolchilarini ham maydonga tushirishi mumkin.
O‘tgan mavsum musobaqaning yarim finaliga qadar yetib kelgan “Monako” esa Yevropa Ligasiga ham ilina olmadi. O‘z maydonida Bundesliga vitse-chempioni “Leyptsig”ni qabul qilgan monakolik futbolchilar yirik hisobda yengildi. Nemislar barcha masalani 1-taymning o‘zidayoq ham qila oldi.
Kelasi turda Portugaliya va Germaniya klublari parallel raqobatda bo‘ladi. “Portu” o‘z maydonida monakoliklarni qabul qilsa, “Leyptsig” maydoniga “Beshiktosh” tashrif buyuradi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “G” guruhi. 5-tur o‘yinlari 21-noyabr, seshanba
“Beshiktosh” — “Portu” 1:1
Gollar: Felipe, 29 (0:1). Taliska, 41 (1:1).
“Monako” — “Leyptsig” 1:4Gollar: Jemerson, 6-avt (0:1). Timo Verner, 9 (0:2). Timo Verner, 31-pen (0:3). Radamel Falkao, 43 (1:3). Nabi Keyta, 45 (1:4).
Izoh (0)