Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 13-turi doirasida barcha yetakchi klublar maydonga tushib ulgurdi.
Turning sensatsion natijalaridan biri Genuyada qayd etilib, “Sampdoriya” o‘z maydonida amaldagi chempion “Yuventus”ni taslim qildi. Shu kuni turinliklarni argentinalik hujumchilar yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Spaletti boshqaruvidagi “Inter” mazkur turda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bunda ham argentinalik hujumchi o‘zini ko‘rsatdi va hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.
Montella murabbiyligidagi “Milan” esa mavsumdagi oltinchi mag‘lubiyatiga rozi bo‘ldi. Neapolda mehmon bo‘lgan milanlik futbolchilarning tishi, peshqadam “Napoli”ga o‘tmadi. Mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan Sarri jamoasi chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Rim derbisida “Roma”ning qo‘li baland keldi. Bungacha “Latsio” ochkolar soni bo‘yicha hamshahrini 1 taga ortda qoldirayotgandi. Endi esa “Roma” 2 ochko o‘zib ketdi.
Italiya A seriyasi 13-tur bellashuvlari 18-noyabr, shanba
“Roma” — “Latsio” 2:1
Gollar: Diyego Perotti, 49-pen (1:0). Raja Naynggolan, 53 (2:0). Chiro Immobile, 72-pen (2:1).“Napoli” — “Milan” 2:1
Gollar: Lorentso Insinye, 33 (1:0). Pyotr Zelinski, 73 (2:0). Alessio Romanyoli, 91+ (2:1).19-noyabr, yakshanba
Izoh (0)