AQShdagi eng yirik stadionlardan biri — Georgia Dome 20-noyabr kuni portlatib yuborildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
71250 tomoshabinga mo‘ljallangan arenani portlatish uchun 2,5 tonna portlovchi modda talab qilindi. Jarayon jami 15 sekund vaqt oldi. 12 sekunddan so‘ng tom yiqildi, devorlar vayron bo‘lishi uch sekund talab qildi.
1992-yili ochilgan Georgia Dome AQShdagi eng yirik usti yopiq stadionlardan biri edi. Endi uning o‘rniga Mercedes-Benz Stadium arenasi quriladi. Unda “Atlanta Falkons” (amerikacha futbol) va “Atlanta Yunayted” (futbol) jamoalari o‘ynaydi.
Yangi stadion qiymati 1,6 milliard dollarga baholanmoqda.
Yangi arena eskisining o‘rnidan 100 metr nariroqda qad ko‘taradi. Mercedes-Benz Stadium’ga zarar yetmasligi uchun portlash chog‘ida arenalar o‘rtasida besh qavatli bino balandligidagi ekran tortib qo‘yildi.
Izoh (0)