NASA agentligi oxirgi 20 yilda ro‘y bergan iqlim o‘zgarishi oqibatlari aks etgan videoni e’lon qildi. Rolik YouTube’da joylashtirildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Rolikni yaratishda sun’iy yo‘ldosh suratlaridan foydalanildi. Ularning eng eskisi 1997-yili olingan.
Videoda sayyoradagi muzliklar va qor qoplamlari qanday o‘zgargani aks etgan. Jumladan, havo harorati ko‘tarilishi oqibatida Arktika 20 yil ichida yashil tusga kirgan, ayrim hududlarda esa biologik bo‘shliqlar hosil bo‘lgan.
Izoh (0)