Comedy Club rezidenti va “KVN”ning “Stansiya Sportivnaya” jamoasi ishtirokchisi Dmitriy Kojoma O‘zbekistonga ilk sayohati taassurotlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi The Mag.

Foto: The Mag

“Bu mening Toshkentga birinchi safarim. U shaxsiy tadbir bilan bog‘liq edi va eng yoqimli taassurotlarni qoldirdi, — dedi qiziqchi The Mag jurnaliga bergan intervyusida. — Men his qilgan birinchi narsa — bu shahardagi bir maromdalik hamda yugur-yugurlarning yo‘qligi bo‘ldi. Hamma joyda bir xil oq mashinalar, chiroyli binolar, keng ko‘chalar. Tozaligi va muhiti bilan Toshkent menga Minskni eslatdi — ijobiy va samimiy odamlari bo‘lgan shunday ozoda shahar”.

Foto: The Mag

O‘zbek taomlari haqida gapirar ekan, o‘zbek palovi — “raqobatdan tashqarida” ekanligini aytdi. Shuningdek, qovoqli somsa va manti ham og‘zida qolganligini ta’kidladi.

Foto: The Mag

Foto: The Mag

“Aytganimdek, bu safari shaxsiy tadbir bilan bog‘liq edi, shu tufayli, ‘KVN’ va Comedy’ning o‘zbekistonlik yigitlari bilan tanisha olmadim, ammo buning o‘rnini to‘ldirish mumkin, deb o‘ylayman. Faqat shuni ayta olishim mumkinki, ‘KVN’ va boshqa shoularda turli mamlakatlar vakillari o‘z uslubi va mahalliy yumori bilan qatnashgani zo‘r. Bu o‘yinga kolorit olib keladi, yigitlar esa ‘KVN’da o‘ziga xos hayot maktabini o‘taydi”, — dedi Kojoma.