Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Jamshid Iskanderov Eronning “Sepaxon” klubi bilan muzokara boshladi, deb xabar berdi “Championat.asia”. “Paxtakor” matbuot xizmati bu xabarni izohsiz qoldirgan.
FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchining klub bilan shartnomasi tugashiga 6 oy vaqt qolgach, u boshqa klublardan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqish huquqiga ega. Iskanderovning “Paxtakor” bilan shartnomasi shu yilning yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Fors chempionati vakili “Sepaxon” shundan kelib chiqib, Iskanderovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar Jamshid erkin agentga aylanib qolsa, eronliklar uni tekinga olib ketishi katta ehtimol.
“Sepaxon” Eron chempionatining yakuniga yetgan mavsumida 14-o‘rinda yakunlab, ligadagi o‘rnini zo‘rg‘a saqlab qoldi.
Izoh (0)