Rossiyaning Novorossiysk shahrida o‘rnatilgan xams balig‘i yodgorligi 14-noyabrdan boshlab videokuzatuv ostida bo‘ladi. Videokuzatuv “112” tizimiga ulangan, deb yozmoqda TJournal.
Odamlar oktabr oyning oxirida xams balig‘i uchun o‘rnatilgan yodgorlikdan esdalik uchun baliqlarni olib keta boshlagan.
Yodgorlik 4-oktabrda ochilgan bo‘lib, u sobiq baliq zavodining yonida o‘rnatilgan. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, bu “dunyodagi xamsga o‘rnatilgan yagona yodgorlik” hisoblanadi. Unga mahalliy aholining minnatdorchiligi ifodalangan taxtacha mahkamlangan.
Qora dengiz xamsiga bildirilgan minnatdorchilikda sovuq urush yillarida baliqning ovlanishi Novorossiysk va Qora dengiz bo‘yidagi boshqa shaharlar aholisining omon qolishiga imkon bergani ifodalangan.
Izoh (0)