Yaponiyaning Totigi prefekturasida yashovchi muxbir va tarjimon Piter Durfi savdoga qo‘yilgan noodatiy uylarning sxemasini o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilib boradi. U markaziy yoki eng katta xonalar hojatxonaga aylantirilgan uylarga e’tibor qaratdi, deb yozmoqda TJournal.
Mazkur kvartira 840 dollarga ijaraga berilgan. Undagi uzun xona — hojatxona.
Hojatxona uyning kirish qismida joylashgan.
Hojatxonaga kirish uchun umumiy foydalanishdagi zinadan o‘tish kerak.
Uyning barcha xonasiga faqat hojatxona orqali kiriladi.
Hojatxona uyning eng katta qismini egallagan.
Markazdagi lift hojatxona va yuvinish xonasiga olib chiqadi. Tashqi tomonda esa boshqa xonalar joylashgan.
Dahlizga chiqish hojatxona orqali.
Izoh (0)