Zimbabveda 15-noyabr kuni harbiy to‘ntarish yuz berdi va mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi. U amaldagi davlat rahbarlari orasida yoshi eng kattasi hisoblanar edi. Shu munosabat bilan “Kommersant” jahonning eng keksa yetakchilari fotojamlanmasini taqdim etdi.
Robert Mugabe, 93 yoshda, 1987-yilning 31-dekabrida Zimbabve prezidentligi lavozimini egallagan.
Yelizaveta II, 91 yoshda, 1952-yilning fevral oyida Buyuk Britaniya qirolligi taxtiga o‘tirgan.
Bedji Kaid as-Sebsi, 90 yoshda, 2014-yil 31-dekabrda Tunis prezidenti sifatida ish boshlagan.
Kim Yon Nam, 89 yoshda, 1998-yil 5-sentabrdan buyon KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi hisoblanadi.
Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, 88 yoshda, 2006-yil 24-yanvarda Kuvayt amiri lavozimiga kirishgan.
Filip Grivz, 86 yoshda, 2017-yil 1-iyulda Barbados general-gubernatori lavozimini egallagan.
Raul Kastro, 86 yoshda, 2008-yil 24-fevralda Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi etib tayinlangan.
Margerit Pindling, 85 yoshda, 2014-yilning 8-iyulida Bagam orollarining general-gubernatori etib tayinlangan.
Kolvill Yang, 84 yoshda, 1993-yil 17-noyabrda Beliz general-gubernatori etib tayinlangan.
Pol Biyya, 84 yoshda, 1982-yil 6-noyabrda Kamerun prezidenti bo‘lgan. 1985, 1988, 1992, 1997, 2004, 2007 va 2011-yilda mamlakat prezidenti etib saylangan.
Izoh (0)