O‘zining 11-jangini AQShda Markes Xoutornga qarshi o‘tkazib, raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratgan Shohjahon Ergashev, 16-noyabr kuni poytaxt Toshkentga qaytib keladi.
Shohjahon Ergashev: Amerikaga kelishdan maqsad? Men oltin kamarni O‘zbekistonga olib borishni istayman!
Bokschi Nyu-Yorkdan Moskvaga yo‘lga chiqqan. U 14:00 da Toshkent xalqaro aeroportida bo‘ladi. U Nyu-Yorkka ham aynan Moskva orqali uchgandi. Bungacha Ergashev professional ringdagi dastlabki 10 ta jangini Rossiyada o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilgandi.Bu muvaffaqiyat sabab AQShning mashhur Showtime kompaniyasi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi bilan shartnoma tuzgan. Endilikda u o‘z janglarini AQShda o‘tkazadi.
Shohjahon Ergashev Ropqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning ustozi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Rustam Majidovdir.
Izoh (0)