Savdo tarmoqlarida oynali yuzalarni tozalash uchun ko‘plab maxsus vositalar taqdim qilinadi, lekin ularning ko‘pchiligi allergiya chaqiradi va atrofdagi odamlar uchun zararli.
Uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar esa bu vazifani juda yaxshi uddalaydi, ancha arzon va zararsizdir. Sizning e’tiboringizga bunday vositalar tayyorlashning bir nechta usullarini havola qilamiz.
Bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
Kartoshka
Kartoshkani teng ikkiga ajrating va bu bo‘laklarni oyna yuzasiga suring. Bir necha daqiqadan so‘ng unga 1 litr suv va 1 osh qoshiq sirka aralashmasidan seping, keyin esa gazeta bilan artib tashlang.
Piyoz
Oddiy piyoz nafaqat kirlarni tozalaydi, balki hasharotlarni ham haydaydi. Bu yerda ham yuqoridagidek: kesilgan piyoz bilan oyna yuzasini arting, bir necha daqiqadan keyin esa 1 litr suvga 1 osh qoshiq soda qo‘shib tayyorlangan aralashmadan seping. Eski gazeta bilan arting.
Limon
Bitta o‘rtacha kattalikdagi limon sharbatini uch osh qoshiq tabiiy sirka va bir stakan suv bilan aralashtiring. Eritmani oyna yuzasiga seping va mikrofibrali latta bilan artib tashlang.
Makkajo‘xori kraxmali
Ikki osh qoshiq kraxmalni bir stakan sirka bilan aralashtiring, uni oynaning kirlangan joylariga suring va bir necha daqiqadan keyin ho‘l latta bilan arting.
Spirt, sirka va limon sharbati
Vositaning har bir tarkibiy qismi yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, shuning uchun u vitrinalar, avtomashinalar va boshqa yuzalardagi hatto ketishi juda qiyin bo‘lgan dog‘larni ham yo‘qotishga yordam beradi. Buning uchun yarim stakandan sirka va spirt, shuningdek bir stakan suv va ¼ stakan limonni aralashtirish kerak. Tayyor bo‘lgan vositani oyna yuzasiga seping va bir necha daqiqadan keyin uni latta bilan arting.
Limon, mineral suv va makkajo‘xori kraxmali
Yarimta limon sharbatini ikki stakan gazlangan mineral suv va bir choy qoshiq kraxmal bilan aralashtiring. Aralashma oyna yuzasini chang, kir va bakteriyalardan ajoyib tarzda tozalaydi.
Izoh (0)