Hindiston poytaxti Nyu-Dehli havosi ikki haftadan buyon smog bilan qoplangan. Shahar ma’muriyati quyuq smogni tarqatish uchun yuborgan vertolyotlar shu smog tufayl ucholmay qoldi, deb xabar beradi Meduza.
Ma’muriyat rejasiga ko‘ra, ular suv sepish yordamida smogni tarqatishi lozim edi.
Shahar ma’muriyati vakili Indian Express nashriga bergan sharhida bir qancha muammolar ustida ish davom etayotganini ta’kidladi.
Vertolyotlar yordamida smogga qarshi kurashni murakkablashtirayotgan narsa shundaki, parlament va hukumat binolari Dehlining parvozlar taqiqlangan hududida joylashgan.
“Shaharning qariyb yarmida parvozlarni taqiqlovchi qonun amal qiladi. Agar hukumat suv smogga qarshi kurashga yordam beradi va bu samarador yo‘l deb hisoblasa, marhamat shunday qilsin”, — dedi atrof-muhit masalalari vaziri Narsh Vardxan.
Izoh (0)