GoPro ekshen-kamerasi qaynoq lava oqimi ostida qolib ketdi, ammo ishlashda davom etdi. Olingan videolavha YouTube’dagi PetaPixel kanalida chop etildi. Besh kun ichida rolik 1,3 million marta tomosha qilindi.
Kamera egasi Erik Storm Gavayidagi vulqonlarga xususiy ekskursiyalar o‘tkazuvchi kompaniyaga boshchilik qiladi. Uning hikoya qilishicha, bir yarim yilcha muqaddam lava videoga olishga qaror qilgan. Ammo qaynoq ko‘chki ostida qolgan apparat yonib keta boshladi. Uni amallab chiqarib olgan Storm dastlab kamera qaytib ishlashiga ishonmagan edi. Keyinchalik u ishlayotganini, xotira kartasiga ham ziyon yetmaganini ko‘rdi.
PetaPixel portalida, shuningdek, zararlangan GoPro kamerasi suratlari joylashtirildi.
Izoh (0)