AQSh prezidenti Donald Tramp Vyetnamdagi APEC sammiti davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Kadr: Ruptly

Xabar berishlaricha, milliy liboslardagi rasmiy fotosessiyasi vaqtida Tramp Putinning yoniga kelib, u bilan qo‘l berib ko‘rishgan. Shundan so‘ng, u Putinning yoniga turgan.

Putin va Trampning Vyetnamda uchrashishi ehtimoli avvalroq AQSh va Rossiya OAVlarida qizg‘in muhokama qilingan edi.

Bundan tashqari, Oq uy Vyetnamda ikki prezident o‘rtasida uchrashuv bo‘lmasligini e’lon qilgan edi.