Los-Anjeles okrug prokurori Jeki Leysi Gollivuddagi tegajog‘liq bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanuvchi yangi maxsus bo‘linma tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Guruhga bunday xarakterdagi jinoyatlar ustida muqaddam ishlagan tajribali prokurorlar kiradi. Ular bu turdagi ishlarga yagona standartlar bilan yondashilishini ta’minlashi lozim.
The Los Angeles Times’ga ko‘ra, hozir Los-Anjeles va Beverli-Xills politsiyachilari prodyuser Xarvi Vaynshteyn, rejissor Jeyms Tobak va aktyor Ed Vestvikka qarshi ayblovlarni tekshirmoqda.
Oxirgi haftalarda Gollivudda ko‘plab aktyorlar, rejissor va prodyuserlar turli shaxslar tomonidan tegajog‘likda va zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Jumladan, shu ayblovlar tufayli rejissor Ridli Skott hali prokatga chiqmagan “Jahonning barcha pullari” filmidan aktyor Kevin Speysi ishtirok etgan hamma sahnalarni kesib tashlashga qaror qildi.
Izoh (0)