O‘zbekiston dzyudo va sport kurashlari terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasiga mezbon Yaponiya delegatsiya bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko‘radi. Yaponiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi davomida MOQ Maidzuru shahar meriyasi bilan bu borada memorandum imzoladi.
O‘zbekiston sport kurashlari va dzyudo termasi Tokio—2020 Olimpiadasiga yaponiyalik sportchilar bilan birga tayyorgarlik ko‘radi
2020-yilgi Olimpiada davomida Host Town vazifasini bajaruvchi mazkur shahar O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi va mamlakat Sport Kurashlari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilishga qaror qildi. Bunda sportchilarning Yaponiyadagi tayyorgarliklari uchun sarf etiladigan mablag‘ning bir qismini aynan Yaponiya tomoni ko‘taradi.Olimpiadaga mezbonlar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish har ikki tomon uchun foydalidir. O‘zbekistonlik sportchilar dzyudo vatani bo‘lmish kunchiqar yurtda tajriba to‘plasa, sport kurashlarida o‘zbekistonlik sportchilarning tajribasi mezbonlarga ulashiladi. O‘zbekiston Sport Kurashlari Assotsiatsiyasi raisi, MOQ vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev hamda Dzyudo Federatsiyasi prezidenti Alisher Akmalov yaponiyaliklar bilan uchrachuv chog‘ida bu kabi masalalarni alohida muhokama qilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadalar tarixida hozirgacha 33 ta medalga ega chiqqan bo‘lsa, shularning deyarli teng yarmi — 16 tasi sport kurashlari va dzyudo chekiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, erkin kurashchilarning o‘zi hozirgacha O‘zbekiston termasiga 4 ta oltin medalni tortiq qilgan, deb yozgan MOQ matbuot xizmati.
Tokio-2020 Olimpiadasida ham O‘zbekiston delegatsiyasi sport kurashlari, dzyudo va boks sport turlaridan yanada yaxshiroq natijalarni kutadi. Yaponiya delegatsiyasi bilan kelishuv bu yo‘ldagi dastlabki qadamlardan biridir. Quyida Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan sport kurashlari va dzyudo termasi a’zolari keltirib o‘tilgan.
Oltinlar
Aleksandr Dokturishvili (yunon-rum kurashi) — Afina-2004Artur Taymazov (erkin kurash) — Afina-2004Artur Taymazov (erkin kurash) — Pekin-2008Artur Taymazov (erkin kurash) — London-2012Kumushlar
Armen Bogdasarov (dzyudo) — Atlanta-1996Artur Taymazov (erkin kurash) — Sidney-2000Magomed Ibragimov (erkin kurash) — Afina-2004Soslan Tigiyev (erkin kurash) — Pekin-2008Abdulla Tangriyev (dzyudo) — Pekin-2008Bronzalar
Rishod Sobirov (dzyudo) — Pekin-2008Rishod Sobirov (dzyudo) — London-2012Rishod Sobirov (dzyudo) — Rio-2016Diyor O‘rozboyev (dzyudo) — Rio-2016Elmurat Tasmurodov (erkin kurash) — Rio-2016Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash) — Rio-2016Magomed Ibragimov (erkin kurash) — Rio-2016O‘zbekistonda yaponiyalik mehmonlar havas qilsa arzigulik darajada kutib olindi. O‘z navbatida Maidzuru meriyasi ham kunchiqar yurt o‘zbekistonlik sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishini ma’lum qildi.
Shahar meri Ryozo Tatami O‘zbekistonga 12 kishilik delegatsiya bilan tashrif buyurgandi. O‘zbekiston tomoni bunda ularni Grand Mir oteliga joylashtirdi. Ular O‘zbekiston va Yaponiyaning uzoq yillik hamkorligi namoyon bo‘lgan 10 dan ziyod joylarda bo‘ldi. Keyinroq esa ular Samarqandda mehmon qilindi.
Izoh (0)