10-noyabr kuni bitkoina narxi keskin ravishda 6800 dollardan pastga tushib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Coinmarketcap ma’lumotlariga qaraganda, kriptovalyutaning o‘rtacha kursi hozirda 6788 dollarni tashkil etadi, qator birjalarda esa bundanam pastga tushib ketdi.
Aytilishicha, Bitfinex birjasidagi eng past ko‘rsatkich 6671 dollarni, Bitstamp’da esa — 6722 dollarni tashkil etdi.
Shu tariqa, kun boshida 7200 dollar atrofida baholangan bitkoin 5 foizga arzonlashdi.
Izoh (0)