Ispaniya milliy terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan, “Barselona” bilan yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan afsonaviy himoyachilardan biri Karles Puyol Toshkentga yetib keldi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi va Xalqaro Aeroportdan rasmlar taqdim etdi.

Foto: “Championat.asia”

Puyolga safari davomida rafiqasi Vanessa Lorentso hamda agenti hamrohlik qiladi. U 2008-yil “Bunyodkor” rahbariyati taklifiga ko‘ra ham Toshkentga kelgan bo‘lib, o‘shanda himoyachiga Andres Inyesta va Sesk Fabregas sheriklik qilgandi.

Futbol yulduzi bugun — 9-noyabr kuni OAV vakillari bilan matbuot anjumanida ishtirok etadi. Anjuman 11:00 da Hyatt Regency otelining Samarqand zalida start oladi. Tashrif davomida mehmon “Bunyodkor” futbol akademiyasiga boradi va yosh futbolchilarga master-klass o‘tab beradi. Kechqurun esa Oliy Liga doirasidagi “Paxtakor” — “Olmaliq” uchrashuvini stadiondan kuzatadi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”