Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston U19 termasi Osiyo Chempionati saralashidagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha Shri-Lankaga 10 ta, Maldiv orollari termasiga 6 ta gol urgan futbolchilar, Bangladeshga qarshi o‘yinda gol urish uchun 94 daqiqa kutishiga to‘g‘ri keldi.

Foto: OFK

OCh U19. O‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga 10 ta gol urdi. Abdusalomovdan poker

OCh U19. Saralashni 10 ta gol bilan boshlagan O‘zbekiston, Maldiv darvozasiga 6 ta golni yetarli deb hisobladi

Shunda ham gol o‘zbekistonlik futbolchi nomiga emas, bangladeshlik Muhammad Atikuzzaman nomiga yozildi. Kutilmaganda u to‘pni o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Bangladesh yoshlari bungacha mezbon Tojikiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Maldiv ustidan minimal hisobda ustun kelgandi — 1:0. O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabab ular Osiyo Chempionatidan umidini deyarli uzdi. Tojikiston bugun Maldivni taslim qilsa, hal qiluvchi o‘yin so‘nggi turda Markaziy Osiyo derbisi maqomida o‘tadi: Tojikiston — O‘zbekiston.

O‘zbekiston termasini Osiyo Chempionatining saralashiga Aleksandr Mochinov olib ketgan.

OCh U19. Saralash

“B”guruhi o‘yinlari

Hisor, Tojikiston

1-tur. 31-oktabr

Maldiv — Shri-Lanka 2:2

Bangladesh — Tojikiston 0:0

2-tur. 2-noyabr

Shri-Lanka — O‘zbekiston 0:10

Gollar: Jahongir Abdusalomov, 3 (1:0). Dilshod Saidov, 11 (2:0). Islom Kenjaboyev, 18 (3:0). Jahongir Abdusalomov, 21 (4:0). Islom Kenjaboyev, 25 (5:0). Sanjar Zokirov, 63 (6:0). Sanjar Zokirov, 67 (7:0). Jahongir Abdusalomov, 78 (8:0). Akmal Mozgovoy, 83 (9:0). Jahongir Abdusalomov, 89 (10:0).

Maldiv — Bangladesh 0:1

3-tur. 4-noyabr

O‘zbekiston — Maldiv 6:0

Gollar: Abbos Jumaqulov, 22 (1:0). Iclom Kenjaboyev, 37 (2:0). Dilshod Saidov, 46 (3:0). Islom Kenjaboyev, 60 (4:0). Bobur Asqarov, 65 (5:0). Jasur Rahimov, 71 (6:0).

Tojikiston — Shri-Lanka 6:0

4-tur. 6-noyabr

Bangladesh — O‘zbekiston 0:1

Gol: Muhammad Atikuzzaman, 94+ avt (0:1).

Tojikiston — Maldiv 17:00

5-tur. 8-noyabr

Shri-Lanka — Bangladesh 14:00

O‘zbekiston — Tojikiston 17:00

Yoshlar va olimpiyachilar tasnifida O‘zbekiston BAAdan kuchli. Navbat milliy termalar o‘yiniga