Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston termasi “Bunyodkor” stadionida Amirlik terma jamoasiga qarshi takroriy o‘yinda maydonga tushib, bu safar ham zafar quchdi — 4:1. Tomonlarning ikki kun oldin shu stadionda o‘tgan ilk o‘yinida Islom Kenjaboyevning penaltidan urgan yagona goli o‘zbekistonlik futbolchilarga g‘alaba olib kelgandi.

Foto: O‘FF

Dohada Qatardan ustun kelgan O‘zbekiston yoshlari, endi “Bunyodkor”da Amirlik termasini mag‘lub etdi

Endi har ikki mamlakat yoshlari tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini yakunladi. Oktabr so‘ngidan boshlab ular saralash turnirida ishtirok etadi. Qayd etish kerak, Aleksandr Mochinov murabbiyligidagi O‘zbekiston termasi bungacha Dohaga borib, Qatar yoshlari darvozasiga ham 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

O‘FF prezidenti Qatarda vaqti O‘zbekiston termasi Qatar yoshlariga 4 ta gol urdi

O‘zbekiston saralashni Tojikistonda o‘tkazadi va mezbonlardan tashqari, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari termalari bilan kuch sinashadi. Amirlik yoshlarining Toshkentga kelishi ham bejiz emas. Chunki ular saralashni Qirg‘izistonda, mezbonlardan tashqari, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini

“Bunyodkor” stadioni

25-oktabr, chorshanba

O‘zbekiston U19 — BAA U19 4:1

Gollar: Dilshod Saidov, 19-pen (1:0). Jahongir Abdusalomov, 38 (2:0). Shohrux Abdurahmonov, 73 (3:0). Jasur Ermamatov, 88 (4:0). Ahmad Favziy, 92+ (4:1).

O‘zbekiston va BAA yoshlarining har ikki o‘yinida ham o‘zbekistonlik futbolchilarning qo‘li baland keldi. Bungacha Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya termasi Amirliklarda o‘tgan Osiyo Chempionatining saralash turnirida BAA ustidan 2:0 hisobida zafar quchib, raqibini guruhda qoldirib ketgandi.

Endi esa har ikki mamlakat milliy termalari 14-noyabr kuni o‘zaro maydonga chiqadi. Uchrashuv BAAda bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilarni “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev maydonga boshlab chiqadi. Bunda legioner futbolchilar o‘yinga chaqirilmaydi va faqatgina Oliy Ligada to‘p surayotgan yigitlar xizmatidan foydalaniladi.