Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi qahvaxonalardan birida kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Xabarnomada aytilishicha, Quyichirchiq tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan Nigina Alixonova ish joyida — qahvaxonada 1987-yilda tug‘ilgan Xurshid Latipovning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Nigina Alixonovaga nisbatan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh (0)