Chempionlar Ligasining “G” guruhida Turkiyaning “Beshiktosh” klubi peshqadamligini davom ettirdi.
Ortda qolgan 3 ta turning barchasida zafar quchgan Turkiya chempioni, 4-turga kelib 2 ochko yo‘qotdi. Musobaqaning amaldagi yarim finalchisi hisoblangan “Monako” Istanbuldan 1 ochko bilan qaytdi. Monakodagi birinchi o‘yinda turk klubi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Garchi guruhda so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, monakoliklar pley-off yo‘llanmasidan umidini uzib ulgurmagan. Germaniya vitse-chempioniga qarshi ilk uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan “Portu”, takroriy o‘yinda zafar quchib, ikkinchi bo‘lib olgan. Navbatdagi turda portugaliyaliklar Turkiyaga keladi, “Leyptsig” esa Monakoda mehmon bo‘ladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “G” guruhi. 4-tur o‘yinlari 1-noyabr, chorshanba
Izoh (0)