Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokistonning Muzaffargarx shahrida yashovchi 21 yoshli Osiyo Bibi o‘z erini yo‘q qilishga urinib 15 kishini o‘ldirib qo‘ydi, deb yozadi “MK.ru”.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Fojia 26-oktabr, payshanba kuni yuz berdi. Qizni bir oy avval o‘z xohishiga qarshi Amjad Lashari ismli yigitga turmushga berishgan edi. Osiyo Shohid ismli boshqa yigitni yaxshi ko‘rgan, shu sababdan eri bilan ko‘p janjallashgan va hatto otasining uyiga ketib qolishga uringan, uni doim qaytarib kelishgan.

Natijada Osiyo va Shohid Amjadni zaharlashga qaror qildi. Qiz sutga kalamush zahrini qo‘shdi. Ammo eri zaharli sutni ichishga ulgurmadi, chunki qaynonasi undan qatiq qilib qo‘ygandi. Mahsulotdan jami 27 kishi zaharlandi, ularning 15 nafari, shu jumladan Amjad ham halok bo‘ldi. Qotillikda gumonlanuvchilar hibsga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)