Manxettenning (Nyu-York, AQSh) Uest-Strit ko‘chasida noma’lum shaxs veloyo‘lakdagi odamlarga yuk mashinasini bostirib borishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hodisa 31-oktabr, seshanba, mahalliy vaqt bilan 15:05 da (Toshkent vaqti bilan 00:05) ro‘y berdi. Yuk mashinasi 20 ga yaqin dahani bosib o‘tdi va 20 kishini urib yubordi.
Guvohlarga ko‘ra, mashina veloyo‘lakdan burilib, maktab avtobusiga ham urilgan. Shundan so‘ng jinoyatchi avtomobildan travmatik to‘pponcha va peyntbol uchun qurol bilan chiqib kelgan.
Yaqin atrofda bo‘lgan politsiyachi unga o‘q uzib yaraladi. Hozirda mazkur shaxs qo‘lga olingani va kasalxonaga yetkazilgani bildirilmoqda.
Nyu-York meri Bill de Blazio ushbu hujumni terakt deb atadi. Huquqt-tartibot idoralaridagi manbalar ham jurnalistlarga jinoyat terakt sifatida tekshirilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)