My Day o‘zbek shou-biznesi vakillari o‘tgan hafta nimalar band bo‘lganida haqida so‘zlab berdi.

Shohrux

Foto: My Day

“Ummon” guruhi vakili Shohrux o‘tgan hafta ilk otalik baxtiga musharraf bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha xonanda qizalog‘i va rafiqasini tug‘uruqxonadan olib chiqdi. Shuningdek, u Instagram’dagi shaxsiy sahifasida qizaloqlariga Fahrinur ismini berganliklari haqida ma’lum qilgan.

Zuhra Soliyeva

Foto: My Day

Aktrisa Zuhra Soliyeva ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntida aktyor Muhammadiso Abdulxayirov bilan birga tushgan suratini joylab, suratga olish jarayonidan selfi deb izoh qoldirgan. Ajab emas, tez orada yangi komediya katta ekran yuzini ko‘rsa.

Samandar Hamroqulov

Foto: My Day

Serqirra ijodkor Samandar Hamroqulov eng ko‘p xizmat safarlarida yuradigan san’at vakillaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U Instagram’dagi shaxsiy sahifasida navbatdagi xizmat safaridan fotosuratni joylagan.

Dilso‘z

Foto: My Day

Xonanda Dilso‘z ijtimoiy tarmoqda Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan konsert dasturidan fotosuratni joylagan. Suratda Obid AsomovYulduz TurdiyevaFarruh Raimov kabi bir qator san’at vakillarini ko‘rishimiz mumkin.

Shahzod Murodov

Foto: My Day

Yosh, umidli xonanda Shahzod Murodov Instagram’ga ovoz yozish studiyasida tushgan suratini joylab, tez orada yangi tarona tuhfa etishini ma’lum qilgan.

Hilola Hamidova

Foto: My Day

Xushovoz xonanda Hilola Hamidova “Yoshlar” kanalining “Ayvon” dasturida mehmon bo‘lgan.

Alisher Uzoqov

Foto: My Day

Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Lider” maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

Bahrom Nazarov

Foto: My Day

Xonanda Bahrom Nazarov Insatgram’dagi shaxsiy sahifasida izohsiz surat qoldirgan. Bu fotosuratni ko‘rgan muxlislar yangi klip suratga olish jarayonidan bo‘lsa kerak degan xulosaga kelganlar. Ko‘ramiz, tez orada xonanda yangi ijod mahsulini muxlisalariga taqdim etsa ajabmas.

Shahzoda Muhammedova

Foto: My Day

Serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova o‘tgan hafta yangi fotojamlanma uchun suratga tushdi. Ulardan bir nechtasini o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali bo‘lishdi.