Bir qator manbalar da’vo qilishicha, yangi Nokia 9 flagmani shu yil oxirigacha taqdim etiladi — bu kompaniyaning anchadan buyon mish-mishlar tarqalayotgan, ammo hali taqdimoti bo‘lmagan yagona qurilmasidir, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Shuningdek, u 2018-yil fevralidagi Mobile World Congress (MWC)da namoyish etiladi, degan fikr ham bor. Hozircha esa qurilmaga yangi video orqali nazar solishimiz mumkin. Nokia 9 nimasi bilandir Samsung Galaxy Note 8 ni eslatadi, ammo undan ko‘ra qiziqarliroq ko‘rinishga ega.

Nokia 9 5,5 dyuymli qayrilma ekran, 16 megapikselli qo‘sh kamera, 8 megapikselli old kamera, 6 Gb tezkor va 64 Gb doimiy (8 Gb/128 Gb) xotiraga ega bo‘ladi.