Latviyaning “Spartak” klubi qatorasiga ikkinchi mavsum mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Unda o‘zbekistonlik futbolchi Aziz Ibragimov to‘p surayotgandi.
Aziz Ibragimov va jamoasi Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida o‘ynamaydi
Erondagi yarim yillik mavsumdan so‘ng Aziz Ibragimov Yurmala klubi safiga borib qo‘shilgandi. Uning jamoadoshlari chempionat yakuniga 1 ta tur qolganida, o‘z ta’qibchisidan 6 ochkoga ilgarilab ketdi va chempionlikni rasmiylashtirdi. Shu tariqa “Spartak” kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi saralashida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.Aziz Ibragimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U O‘zbekiston Oliy Ligasidan tashqari Slovakiya, Chexiya, Xitoy, Eron va Latviya chempionatlarida to‘p tepgan.
Izoh (0)