Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyaning “Flitvud Taun” futbol klubi bilan hamkorlik qilayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi, o‘zining ikki yosh a’zosini 3 oylik malaka oshirish uchun tumanli Albionga yuborgandi.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ikki futbolchisini Angliya klubiga jo‘natdi

“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Flitvud Taun”ning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasi “Bolton”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 5:0 hisobida zafar quchgan. Bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Hurmatbek Yo‘ldoshev 3 ta gol urib, xet-trik qayd etgan.

Hurmatbek Yo‘ldoshev bilan safarga Rustam Nortojiyev ham jo‘nab ketgandi. Darvozabon Nortojiyev bungacha ham Angliyada 3 oylik yig‘in o‘tkazgan bo‘lib, ikkinchi safar “Flitvud Taun” rahbariyatining o‘zi yana bir bor Rustamni Angliyaga yuborishni so‘rab, “Lokomotiv”ga chiqish qilgandi.

Mazkur ikki futbolchining harakatlari ingliz jamoasiga ma’qul kelsa, ular “Flitvud” bilan shartnoma imzolashi ham mumkin. O‘zaro hamkorlik doirasida angliyalik futbolchilarning ham “Lokomotiv”da mashg‘ulot o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi